1

Nodir qo`lyozmalar vaqt olovida yonmaydi

Madaniyat 18.06.2023, 22:45
Nodir qo`lyozmalar vaqt olovida yonmaydi

O`zbekistonda asrlar davomida Markaziy Osiyo bo`yicha eng boy qo`lyozma meros jamlangan. Uning salmoqli qismi O`zbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Mazkur fond 2000 yilda noyob ilmiy va madaniy ob`ektlardan biri sifatida YuNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro`yxatiga kiritilgan.

Institutda saqlanayotgan qo`lyozmalar soni 26 000 jilddan oshadi. Xazinaning asosiy fondida aniq va tabiiy fanlarga oid ajoyib asarlar ham mavjud.                                                                                          

“Boznoma”, “Javohirnoma”, “Shikornoma” kabi manbalarda qadimda eng ommabop bo`lgan ovchilik, qushlarni davolash, ma`danshunoslik ilmi jamlangan.

Kimyoga oid kitoblarda esa turli ma`danlardan oltin hosil qilish usullari haqida yozilgan!

Batafsil: “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasi 22-jild kitob-albomida.

Loyiha bosh homiysi – ErieiGroup

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1