Izmirning Bayrakli tumanidagi uyning muzlatgichidan turkmanistonlik 4 kishining jasadi topildi.
Adalet mahallasidagi uyga etib kelgan milisiya xodimlari uyning muzlatgichidan 4 nafar jasadni topgan.
Voqea haqida Izmir gubernatori tomonidan berilgan yozma bayonotda, uyni bir xabarga ko`ra o`rgangan polisiya Turkmaniston fuqarolari bir oiladan 3 nafar ayol va familiyasi aniqlanmagan bir nafar erkakni muzlatgichdan o`lik holda topishganini ma`lum qilgan.
Xabarda qotilliklarni sodir etganlikda gumon qilinayotgan turkmanistonlik gumonlanuvchini qo`lga olish harakatlari olib borilayotgani, tergov davom etayotgani aytilgan.
19.06.2023 09:55
Izmirdagi uyning muzlatgichidan turkmanistonlik 4 kishining jasadi topildi






