AsosiyJamiyat

Toshkentda ichida 11 kishi bo`lgan liftning qulab tushish sababi ma`lum bo`ldi

'Toshkentda ichida 11 kishi bo`lgan liftning qulab tushish sababi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Toshkentda ichida 11 kishi bo`lgan lift pastga tezlik bilan tushib ketgani haqida xabar bergan edik.

Sanoat xavfsizligi davlat qo`mitasi holat yuzasidan o`rganish ishlari natijasini e`lon qildi

Unga ko`ra, holat sodir bo`lgan Yangihayot tumani, “Yangi Darxon” MFYda joylashgan 17-sonli 16 qavatli uy 2023 yil aprel oyida foydalanishga topshirilgan. Mazkur holatni birlamchi o`rganish davrida ko`p qavatli uyda Turkiya korxonasi  tomonidan 2022 yilda ishlab chiqarilgan, yuk ko`tarish quvvati 1 000 kg bo`lgan lift 16-qavatdan 1-qavatga harakatga kelgach, tezlikni nazorat qiluvchi, ya`ni to`xtash lozim bo`lgan etajga yaqinlashganda lift kabinasini sekinlatuvchi (datchik zamedleniya) qurilmasi nosozligi sababli tezlik kamaymagani va 1-qavatga yaqinlashganda liftning avtomatik tormoz tizimi ishga tushib to`xtagani hamda tezlik kamaymagani tufayli shaxtada o`rnatilgan bufer qismiga kelib urilgani taxmin qilindi. 

Lift to`xtagandan so`ng mazkur mavzedagi ko`p qavatli uylarga xizmat ko`rsatuvchi injenering kompaniyasi “Premium Promotion” MChJning liftlarga xizmat ko`rsatuvchi mutaxassislari tomonidan eshikni ochib liftdan taxminan 11 kishini chiqarib olgan, bulardan 3 kishi turli xil sinishlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda, Tog`-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan mazkur mavzedagi “dom”larga xizmat ko`rsatuvchi injenering kompaniyasi “Premium Promotion” MChJning rahbariyati tomonidan mazkur mavzedagi barcha liftlarni qayta navbatdan tashqari texnik ko`rikdan o`tkazish va liftlarning tezligini nazorat qiluvchi, ya`ni sekinlatuvchi (datchik zamedleniya) qurilmalarini qayta ko`rikdan o`tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, inspeksiya mutaxassislari tomonidan Toshkent shahri va viloyatlardagi ko`p qavatli uylarda o`rnatilgan lift qurilmalarni texnik ko`rikdan o`tkazish ishlari boshlangan.

    Boshqa yangiliklar