Qamchiq dovoni hududida harakatlanib ketayotgan yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo`qotishi oqibatida xandaqqa tushib, yonboshlab qolgan.
Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Natijada zudlik bilan voqea joyiga "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong`in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari hamda YPX xodimlari etib borgan va avtomobilda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan yong`inni oldi olinib, haydovchi va uning yo`lovchisi hayoti saqlab qolingan.
Shundan so`ng, birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, fuqarolar tez tibbiy yordam avtomashinasida Pop tuman shifoxonaga olib ketilgan.






