AsosiyJamiyat

Kuchli shamol bo`lishi natijasida Buxoro va Navoiy viloyatlarida "svet" o`chdi

'Kuchli shamol bo`lishi natijasida Buxoro va Navoiy viloyatlarida "svet" o`chdi'ning rasmi

Kuchli shamol esishi natijasida ikki viloyatning bir qator hududlarida elektr ta`minotida uzilish bo`lmoqda.

Energetika vazirligi Matbuot xizmatining xabar qilishicha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuchli shamol esishi natijasida soat 17:00 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta`minlash maqsadida o`chirildi.

Buning natijasida:

Buxoro viloyatining Shofirkon, Peshku va G`ijduvon tumanlaridagi jami 6000 ta iste`molchining;

Navoiy viloyatining Nurota, Navbahor, Konimex va Karmana tumanlaridagi jami 23 560 ta iste`molchining elektr ta`minotida uzilish bo`lmoqda.

Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so`ng elektr ta`minoti qayta tiklanadi.

    Boshqa yangiliklar