AsosiyJamiyat

Imtihon jarayonida berilgan test savollari boshqa smenalarda qaytarilishi mumkinmi?

'Imtihon jarayonida berilgan test savollari boshqa smenalarda qaytarilishi mumkinmi?'ning rasmi

Davlat oliy ta`lim muassasalariga qabul imtihonlari boshlanishidan oldin abiturientlarda turli savollar ko`paya boshlaydi. Xuddi shunday savollardan biri — o`tgan yilgi savollar bu yil ham takrorlanishi mumkinmi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan «Abiturient-2023» ko`rsatuvida javob berildi.

Test sinovlari bir kunda ikki smenada bo`lib o`tadi. Birinchi smenada tushgan test variantlari ikkinchi smenada takrorlanmaydi.

Test sinovlari 15 kun davomida 2 smenada bo`lib o`tadi va har bir smena uchun tegishli fanlar bo`yicha alohida test topshiriqlari bazasi shakllantirilishi aytildi.

Mas`ullar test variantlarining teng kuchliligi ta`minlanishini ham bildirib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar