Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Qarshi shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirda S.R. ismli ayol fuqaro A.Yu.ga o`zining qo`l telefoni xotirasida unga tegishli shaxsiy foto va video tasvirlar borligini aytib, ushbu shaxsiy ma`lumotlarini internet tarmoqlarida tarqatib yuborish bilan qo`rqitib, evaziga oldindan talab qilgan 118 mln so`mni tovlamachilik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergovga tegishliligi bo`yicha yuborilgan.
19.06.2023 22:24
Qarshida fuqaroning shaxsiy ma`lumotlarini tarqatmaslik evaziga 118 mln talab qilgan shaxs qo`lga tushdi






