Samarqanddan Toshkentga ketayotgan haydovchining avtomashinasi yukxonasida kelib chiqishi noma`lum bo`lgan hayvon go`shti borligi aniqlandi.
“Sirdaryo” YPX maskanida o`tkazilgan tadbir davomida Samarqand–Toshkent yo`nalishida harakatlanib kelayotgan ISUZU yuk mashinasi xolislar ishtirokida to`xtatilib tekshirilganda, X.Sh. boshqaruvidagi avtomashina yukxonasida hech qanday hujjatlarsiz, kelib chiqishi noma`lum bo`lgan 941 kg hayvon go`shti borligi aniqlandi. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berdi.
Viloyat Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi mutaxassislari tomonidan laboratoriya tekshiruvlari uchun namunalar olindi.
Hozirda aniqlangan holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati JQB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






