Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat ertalab Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha, kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38°, janubda 41-43° gacha bo`ladi.
Poytaxtimizda ertalab qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 35-37° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha, kuchayishi mumkin. Harorat 24-29° bo`ladi.
20.06.2023 08:15
Bugun O`zbekistonda harorat 45 darajagacha ko`tariladi






