Atirauda 2018 yildan buyon xalqaro qidiruvda bo`lgan xorijlik qo`lga olindi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.
Viloyat IIB matbuot xizmati xabariga ko`ra, 42 yoshli O`zbekiston Respublikasi fuqarosi Rossiyada xalqaro qidiruvda bo`lgan.
«Bugun, 19 iyun kuni Atirau viloyati hududida «Noqonuniy keluvchi-2023» tezkor profilaktika tadbiri boshlandi. Tadbirdan ko`zlangan maqsad noqonuniy migrasiya faktlarini, ularni mamlakatimiz hududidan chiqarib yuborish to`g`risidagi sud qarorini bajarmagan xorijliklarni aniqlashdan iborat.
Atirau shahar ichki ishlar boshqarmasi migrasiya xizmati bo`limi xodimlari tomonidan 2018 yildan buyon xalqaro qidiruvda bo`lgan 1981 yilda tug`ilgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi qo`lga olindi.
Xorijlik Qozog`iston chegarasini 2023 yil 3 iyunda kesib o`tgan. U ishga joylashish uchun Atirau shahar migrasiya boshqarmasiga kelgan. Shaxsni har tomonlama tekshirish chog`ida ichki ishlar xodimlari chet el fuqarosi xalqaro qidiruvdagi gumonlanuvchi ekanligini aniqladi», – deyiladi boshqarma matbuot xizmati xabarida.
Ma`lum bo`lishicha, 2018 yilda O`zbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 322-moddasi 1-qismi bilan xalqaro qidiruv e`lon qilingan. Hozirda qayd etilgan fakt bo`yicha jinoyatchi qo`lga olinib, kriminal polisiya bo`limiga topshirildi.
20.06.2023 08:50
5 yildan buyon xalqaro qidiruvda bo`lgan 42 yoshli O`zbekiston fuqarosi Atirauda qo`lga olindi






