AsosiyJamiyat

Ayrim klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul faqat davlat granti asosida amalga oshiriladi

'Ayrim klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul faqat davlat granti asosida amalga oshiriladi'ning rasmi

“Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–196-son, 19.06.2023 y.) qabul qilindi. 

Qarorga ko`ra, aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini tubdan takomillashtirish maqsadida, jumladan:

  • ixtisoslashtirilgan psixiatriya va narkologiya yordamini ko`rsatishning yagona vertikal boshqaruv tizimi joriy etiladi;
  • birlamchi bo`g`in tibbiyot muassasalariga ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmatlari integrasiya qilinadi;
  • ruhiy holati buzilgan shaxslar dori vositalari bilan ehtiyojga ko`ra to`liq ta`minlanadi;
  • aholi, ayniqsa, bolalar va o`smir yoshlarning ruhiy salomatligi mustahkamlanadi.

2023 yil 1 iyuldan Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga aylantiriladi.

2023 yil 1 avgustdan quyidagilar joriy etiladi:

  • tuman (shahar) ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalarida – tibbiy psixolog;
  • stasionar o`ringa ega bo`lmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud bo`lgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – suisidolog;
  • stasionar o`ringa ega bo`lgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – qabul bo`limi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari.
  • 2023/2024 o`quv yilidan “Psixiatriya”, “Tibbiy psixologiya” va “Narkologiya” klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul faqat davlat granti asosida umumiy qabul parametrlari doirasida amalga oshiriladi.

2023 yil 1 iyuldan tuman (shahar) ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalaridagi psixiatr hamda psixiatriya davolash muassasalaridagi psixiatr, tibbiy psixolog, psixoterapevt hamda suisidologlarning lavozim maoshiga ustama miqdori 25 foizdan 50 foizga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar