“S.” va “D.” toifali haydovchilik guvohnomasini olib berishni va`da qilgan MChJ rahbari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departamentning Farg`ona tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda Farg`ona shahridagi “A.i.” MChJ rahbari N.Ch. fuqaro A.Q.ga o`quv mashg`ulotlariga qatnashmasdan, ularni ijobiy yakunlaganligi haqida ma`lumotnoma berib, “S.” va “D.” toifali haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 1 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






