AsosiyJamiyat

Endi QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Shunchaki...

'Endi QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Shunchaki...'ning rasmi

Soliq to`lovchi QQS salbiy farq summasini qaytarib olish uchun alohida ariza taqdim etmasdan QQS hisobotini taqdim etish jarayonida ushbu summani ko`rsatib o`tish orqali soliq organlarini xabardor qilishi lozim. 

Buning uchun hisobot shaklining “Qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchisi to`g`risida ma`lumot” bo`limida tegishli jadval joylashtirilgan. Sariq katakchalarda ma`lumotlar avtomatik ravishda to`ldiriladi. Ko`k kataklarga quyidagilar qo`lda kiritilishi lozim:

  • qaytarilishi talab etiladigan soliq summasi;
  • QQS salbiy farq summasini kelgusi to`lovlar uchun hisobga olish talabi;
  • qaytarishning tartibi: umumiy yoki tezlashtirilgan.

Soliq organlari murojaatlarni ma`lumot olingan kundan boshlab umumiy tartibda 30 kun ichida, tezlashtirilgan tartibda esa 7 kundan kechiktirmay ko`rib chiqadi va  salbiy farq summasi qaytarilishi (yoki qaytarish rad etilganligi) haqida soliq to`lovchining shaxsiy kabinetiga qaror nusxasini yuboradi.

    Boshqa yangiliklar