Birlamchi bo`g`in tibbiyot muassasalarida 2023 yil yakuniga qadar Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ruhiy holat buzilishlarida yordam ko`rsatish bo`yicha harakatlar dasturi amaliyotga joriy qilinadi.
Unga asosan:
- ruhiy holat buzilishini tibbiyotning birlamchi bo`g`inining o`zida erta aniqlash va davolash choralari ko`riladi;
- birlamchi bo`g`in tibbiyot muassasalari shifokorlari va boshqa tibbiyot xodimlarining ruhiy holati buzilgan shaxslarni klinik baholash, davolash va kuzatib borish bo`yicha ko`nikmalari rivojlantiriladi va bilimlari oshiriladi.
Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi Sog`liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda o`quvchilarda o`zini o`zi boshqarish, murakkab hayotiy vaziyatlarni engib o`tish ko`nikmalarini shakllantirish, depressiya, xavotirli holatlar va suisidlarning oldini olish bo`yicha maxsus ijtimoiy-emosional o`quv soatlari yo`lga qo`yiladi.
️Social Emotional Learning, SEL umumiy o`rta ta`lim muassasalarida maktab dasturidagi mavjud fanlar va darsdan tashqari jarayonlar doirasida tashkillashtiriladi.






