Ijtimoiy tarmoqda bir nechta yigitlar Labo mashinasining yukxonasiga suv to`ldirib, mashina harakatlanayotgan vaqtda yukxonada tarvuz eyishgani aks etgan video tarqaldi.
Sirdaryo viloyati IIB holat yuzasidan ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, Sirdaryo tumani Shirin mahallasida yashovchi 2011 yilda tug`ilgan 5-sinf yigit dadasining Labo'sini olib, tanishlari bilan uning yukxonasiga suv to`ldirishgan va 3 nafar yigit mashina harakatlanayotgan vaqtda yukxonaga o`tirib, xursandchilik qilishgan.
Olib borilgan surishtiruvlar natijasida, yigitlarning shaxsiga aniqlik kiritilgan.
Mazkur holat JIB Sirdaryo tumani sudida ko`rib chiqilgan. Unga ko`ra, huquqbuzar yigitlarga 15 sutkadan ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.






