AsosiyJamiyat

“Bor, borib itga o`xshab vovulla ko`chada”. Bandixon prokurori mahalla raislarini haqorat qildi

'“Bor, borib itga o`xshab vovulla ko`chada”. Bandixon prokurori mahalla raislarini haqorat qildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani prokurori Soatmurod Mahmanov hududdagi mahalla raislarini haqorat qilgani, tilga olib bo`lmas so`zlar bilan “siylagani”ning audiosi tarqaldi.

Mazkur audiodan anglashilishicha, prokuror tumandagi MFY raislarini yig`ib, soliq tushumlari bo`yicha hisobot so`ragan.

“Erkakmisan sen ham? Xotinchalish, itdan tarqalgan ekansan-da, bo`lmasa odamning ishini qilarding-da. Bor, borib itga o`xshab vovulla ko`chada”, — deydi prokuror soliq tushumlarini eplolmagan raisga yuzlanar ekan.

Audioda prokuror bilan muloqot qilgan MFY raislari orasida ayol raislar ham borligi eshitiladi.

“O`lsang, bugun ko`mar edik”, — deydi prokuror yana bir raisni koyir ekan.

Prokuror yonida ko`rinib turgan raislarning biriga “Itdan tarqaganmisan, odamdan tarqaganmisan?”, — deya savol beradi. Hamda “itvachcha”, deya haqorat qiladi.

2023 yil 20 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Bandixon tumani prokurori S.Maxmanovga tegishliligi ta`kidlanib, tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qaerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar