Andijon viloyati Paxtaobod tumanida elektr ta`minoti uchun iste`molchilardan undirilgan 738 mln so`m mablag` o`zlashtirilganligi aniqlandi.
O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tuman bo`limi tomonidan «O`zenergoinspeksiya» Andijon hududiy bo`limi bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. O`tkazilgan tekshiruvda «Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ Paxtaobod tuman elektr ta`minoti korxonasi mas`ul shaxslari 2020-2022 yillar va joriy yilning 3 oyi davomida elektr ta`minoti uchun iste`molchilardan undirilgan 738 mln so`mni kirim qilmasdan o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlandi.
Tekshiruv jarayonida etkazilgan zararning 315 mln so`mi undirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






