AsosiyJamiyat

Tug`ma yurak nuqsoni bor ming nafardan ortiq bolalar davlat hisobidan davolanadi

'Tug`ma yurak nuqsoni bor ming nafardan ortiq bolalar davlat hisobidan davolanadi'ning rasmi

O`zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev buxorolik saylovchilar bilan uchrashuv chog`ida aholiga qulay turmush sharoiti yaratishga oid rejalar haqida to`xtaldi.

“Buxoroda aholiga ko`rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish bo`yicha ham aniq rejalarimiz bor. Shu maqsadda, 2030-yilga qadar mahallalarda 50 ta yangi oilaviy poliklinika va shifokor punkti qurilib, 200 tasi to`liq ta`mirlanadi.

Murakkab operasiyaga muhtoj, tug`ma yurak nuqsoni bor 1 ming nafardan ortiq bolalarni davlat hisobidan davolash tashkil etiladi. Bu ishlarga Buxoro uchun yiliga 30 milliard so`mdan ajratamiz", - deydi nomzod.

Shuningdek, Mirziyoevning qo`shimcha qilishicha, Buxoroda Xalqaro xalq tabobati markazi va Farmasevtika klasteri tashkil qilinadi. Buning uchun, 50 million dollar investisiya jalb qilinadi.

    Boshqa yangiliklar