Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ogohlikka chaqirmoqda.
"Rossiya Federasiyasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina o`rtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish haqidagi da`vatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so`raymiz", - deyiladi ogohlantiruv xabarida.
Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o`xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko`zda tutilgan.






