AsosiyJamiyat

SSV huzurida "Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" Davlat muassasasi tashkil qilinadi

'SSV huzurida "Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" Davlat muassasasi tashkil qilinadi'ning rasmi

“Ma`muriy islohotlar doirasida sog`liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risida” gi Prezident qarori (PQ–197-son, 20.06.2023 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi tizimidagi "Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi" DUK Sog`liqni saqlash vazirligi tizimiga o`tkazilib, uning negizida davlat muassasasi shaklidagi Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tashkil etilishi belgilandi. 

Bunda, Sog`liqni saqlash vazirligi Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligining dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni davlat ro`yxatidan o`tkazish, sertifikatlashtirish, shuningdek, farmasevtika faoliyatini lisenziyalash bilan bog`liq, vazifa va funksiyalarini bajarishga oid huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari buyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar