AsosiyJamiyat

Toshkentda 9 yoshli bolani Lacetti urib yubordi (video)

'Toshkentda 9 yoshli bolani Lacetti urib yubordi (video)'ning rasmi

Joriy yilning 20 iyun kuni soat 13.30 atrofida Yashnobod tumani Muxtor Ashrafiy ko`chasida YTH sodir bo`lgan. Bu haqda IIBB YHXB rasmiy xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1973 yilda tug`ilgan fuqaro S.K. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, tartibga solinmagan piyodalar yo`lagidan velosipedni boshqarib kesib o`tayotgan 2014 yilda tug`ilgan A.A.ni urib yuborgan.

Natijada fuqaro A.A. turli tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar