AsosiyJamiyat

Statistika agentligi so`nggi 5 oyda qancha o`zbekistonlik xorijga chiqqanini ma`lum qildi

'Statistika agentligi so`nggi 5 oyda qancha o`zbekistonlik xorijga chiqqanini ma`lum qildi'ning rasmi

5 oyda 195 ming o`zbekistonliklar dam olish uchun xorijga chiqqan. Bu haqda Statistika agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Unga ko`ra, 2023 yilning yanvar-may oylarida 1,6 mln nafar O`zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

2023 yilning 5 oyi davomida O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga safar maqsadlari:

  • qarindoshlarni yo`qlash — 1,4 mln kishi;
  • dam olish — 195 ming kishi;
  • o`qish maqsadida — 17,1 ming kishi;
  • davolanish — 10,8 ming kishi;
  • xizmat yuzasidan — 5,5 ming kishini tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar