Bugun Toshkent shahrining bir qator tumanlaridagi ayrim mahallalarda elektr ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ shahar filiali ma`lum qildi.
Quyidagi manzillarda elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi:
Olmazor tumani: «Paxta» MFYning ayrim ko`chalarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;
Yunusobod tumani: «Sandiq qorgon» MFYning ayrim ko`chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
Yashnobod tumani: «Jarboshi» MFYning ayrim ko`chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
Mirzo Ulug`bek tumani: «Gulsanam» MFYning ayrim ko`chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.
“Yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o`tamiz”, deyiladi xabarda.






