AsosiyJamiyat

Surxondaryoda poezd “Jiguli” bilan to`qnashdi

'Surxondaryoda poezd “Jiguli” bilan to`qnashdi'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda poezd “Jiguli”ni urib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan IIV Transport va turizm ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti ma`lumot berdi.

Joriy yilning 21 iyun kuni soat 08:10 larda 6376-sonli “Termiz-Sariosiyo” shaharlararo qatnovchi yo`lovchi poezdi “Qumqo`rg`on-Elbayan” temir yo`l bekatlari oralig`ida ketayotgan vaqtida ushbu bekatlarning 4538-km 10-piketida joylashgan qo`riqlanmaydigan kesishmasidan 1956 yilda tug`ilgan M.M. o`ziga tegishli bo`lgan VAZ-2107 avtomashinasida o`tgan.

Haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida poezd mashinani urib yuborgan.

“Tan jarohati olganlar yo`q. Yo`lovchi poezdi soat 08:12 da to`xtab, soat 08:50 da o`z harakatini davom ettirdi”, — deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar