AsosiyJamiyat

Fuqarolarning bepul yuridik yordam olish imkoniyatlari kengaytirilmoqda

'Fuqarolarning bepul yuridik yordam olish imkoniyatlari kengaytirilmoqda'ning rasmi

AOKAda Adliya vazirligi tomonidan o`tkazilgan matbuot anjumanida “Davlat hisobidan yuridik yordam ko`rsatish to`g`risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida tushuntirish berildi.

Yangi tahrirdagi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 29-moddasiga ko`ra, har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlangan. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan ko`rsatiladi.

Konstitusiyaga muvofiq, joriy yilning 16 iyun kuni “Davlat hisobidan yuridik yordam ko`rsatish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.

Ushbu Qonun bilan davlat hisobidan yuridik yordam ko`rsatiladigan ishlar ro`yxatiga fuqarolik, ma`muriy va ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarni kiritish orqali fuqarolarning bepul yuridik yordam olish imkoniyatlari kengaytirilmoqda.

Davlat hisobidan yuridik yordam kam ta`minlangan shaxslarga, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilgan shaxslarga hamda psixiatriya yordami ko`rsatilayotgan shaxslarga ko`rsatilishi belgilanmoqda.

Qonunda davlat hisobidan yuridik yordam olish istagini bildirgan shaxs “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali elektron shaklda yoki maxsus vakolatli davlat organiga og`zaki yoki yozma shaklda murojaat qilishi mumkinligi, shuningdek ishni ko`rib chiqayotgan vakolatli organ yoki mansabdor shaxsga davlat hisobidan advokat ajratilishi haqida iltmosnoma berishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.

Mazkur Qonunga asosan, davlat hisobidan yuridik yordam ko`rsatadigan advokatlarni elektron tanlash imkoniyati yaratilmoqda. Mazkur advokatlarni ishga jalb etish inson omilisiz “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali tasodifiy tanlanadi.

Ma`lumot uchun: amalda davlat hisobidan yuridik yordam ko`rsatishi uchun advokat faqat jinoyat ishlari bo`yicha surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan jalb etiladi.

Davlat hisobidan yuridik yordam ko`rsatgan advokatlar haqidagi ma`lumotlar ochiq va shaffof holda “Yuridik yordam” axborot tizimida e`lon qilinadi.

Bepul yuridik yordam ko`rsatish imkoniyatlarini kengaytirilishi va shaffof tizim yaratilishi fuqarolarga odil sudlovga erishish darajasini oshiradi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar