AsosiyDunyo

Dunyoning ikki milliarderi oktagonda jang qilishi mumkin

'Dunyoning ikki milliarderi oktagonda jang qilishi mumkin'ning rasmi

Meta korporasiyasi rahbari Mark Sukerberg Twitter egasi Ilon Maskning ringdagi qoidalarsiz jangda o`zaro orani ochiq qilib olish bo`yicha taklifini qabul qildi. Bu haqda The Verge xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Meta Twitter’ga raqobatchi ilovani ishga tushirish niyatida ekani haqida ma`lumot paydo bo`lgach, Ilon Mask Mark Sukerbergni ringga chaqirgan.

“Agar Sukerberg rozi bo`lsa, men u bilan oktagonda jang qilishga tayyorman”, — deb yozdi Mask Twitter’dagi sahifasida.

 

Sukerberg Maskning taklifiga Instagram’dagi stories’da “Menga jang joyini yubor” degan yozuv bilan javob berdi. “Las-Vegasdagi oktagon”, dedi Mask.

Meta`ning Twitter’ga o`xshash ilovani ishga tushirmoqchi ekanligi haqida 8 iyun kuni The Wall Street Journal tomonidan e`lon qilingandi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar