AsosiyDunyo

Meksikada ichida 14 nafar o`zbekistonlik bo`lgan avtomobil YTHga uchradi (video)

'Meksikada ichida 14 nafar o`zbekistonlik bo`lgan avtomobil YTHga uchradi (video)'ning rasmi

Meksikaning Chyapas shtatida ichida 14 nafar o`zbekistonlik bo`lgan yuk mashinasi ag`darilib ketdi. Bu haqda Meksika Milliy migrasiya instituti (INM) xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, hodisa kecha, 22 iyun kuni Chyapas shtatidagi Villa Komaltitlan-Ejido Hidalgo trassasida sodir bo`lgan.

YTH natijasida, fuqarolar turli tan jarohatlari olishgan. Ulardan bir nafarining ahvoli og`ir ekani aniqlangan. Hozirda u shifoxonaga yotqizilgan. 

Qayd etilishicha, jabrlangan 13 nafar erkak va bir nafar ayol Meksikaga noqonuniy kirgani aniqlangan va ular tegishli ma`muriy ish qo`zg`atish uchun institut idoralariga olib ketilgan.

Xabarda fuqarolarning yoshlari haqida ma`lumot berilmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar