AsosiySport

Diyora Keldiyorova Ulan-Bator “Katta dubulg`a” turniri sovrindori bo`ldi

'Diyora Keldiyorova Ulan-Bator “Katta dubulg`a” turniri sovrindori bo`ldi'ning rasmi

Mo`g`ulistonda dzyudo bo`yicha Ulan-Bator “Katta dubulg`a” turnirining birinchi kuni yakunlandi.

Unda O`zbekiston terma jamoasi hisobiga bitta bronza medali yozib qo`yildi.

-52 kilogramm vazn toifasida kurashgan Diyora Keldiyorova shohsupaning uchinchi pog`onasidan joy oldi. Yurtdoshimiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda BAA vakili Xorlodoi Birsheltdan ustun keldi.

Ushbu natija orqali sportchimiz jahon va Parij-2024 Olimpidasi reytingi uchun o`z hisobiga 500 ochko yozib qo`ymoqda.

    Boshqa yangiliklar