AsosiyDunyo

Ukraina hozircha asosiy kuchlarini ishga solmaganini ma`lum qildi

'Ukraina hozircha asosiy kuchlarini ishga solmaganini ma`lum qildi'ning rasmi

Ukraina qurolli qo`shinlari hozircha o`z kuchlarining asosiy qismini davom etayotgan qarshi hujumga jalb qilgani yo`q, dedi Ukraina Qurolli kuchlari boshlig`i, general-polkovnik Aleksandr Sirskiy The Guardian nashriga bergan intervyusida.

“Aytishim kerakki, bizning asosiy kuchlarimiz hali janglarda qatnashgani yo`q. Biz dushman mudofaasidagi zaif tomonlarni qidirmoqdamiz. Hali hammasi oldinda”, — dedi bosh qo`mondon.

Uning so`zlariga ko`ra, “hamma bir zumda va darhol g`alaba qozonishni xohlaydi”, lekin bu biroz vaqt talab qilishini tushunish kerak. Chunki jang qilayotgan har ikki tomondan juda ko`p kuchlar, ko`plab texnikalar o`rtaga tashlangan.

“Biz dushmanning kuchini past baholamasligimiz kerak. Dushman harakatlarimizning eng xavfli yo`nalishlarini oldindan ko`rgan va u erda mustahkam mudofaa tizimi qurmoqda, uni buzib o`tish juda qiyin”, — ta`kidladi Sirskiy.

    Boshqa yangiliklar