Vladimir Putin Belarus, O`zbekiston va Qozog`iston prezidentlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning "RIA Novosti"ga ma`lum qildi.
Ta`kidlanishicha, davlat rahbarlari suhbatda Rossiyadagi vaziyatni muhokama qilishgan.
Ma`lumot uchun:
Evgeniy Prigojin boshchiligidagi "Vagner" yollanma askarlari Rossiyaning bir qator hududlaridagi muhim infratuzilma obektlarini egallab, Moskva tomon harakatlanayotganini ma`lum qilgandi. Shundan so`ng Vladimir Putin rossiyaliklarga murojaat qilib, davlat to`ntarishiga urinishlar har qanday yo`l bilan bostirilishini ma`lum qilgandi.