AsosiyDunyo

Ukraina rahbari "Vagner" yollanma askarlarining Rossiya hukumatiga qarshi isyoniga munosabat bildirdi

'Ukraina rahbari "Vagner" yollanma askarlarining Rossiya hukumatiga qarshi isyoniga munosabat bildirdi'ning rasmi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Vagner” xususiy harbiy shirkati rahbari Evgeniy Prigojin tomonidan boshlangan harbiy isyonga munosabat bildirdi. Bu haqda Ukraina Prezidentining telegram kanalida yozilgan. 

“Zulm yo`lini tanlagan har bir kimsa oxir-oqibat o`z boshini eydi. Minglab askarlarni qirg`inbarotga yuboradi, pirovardida esa o`zi qurollantirgan shaxslardan himoyalanish uchun Moskva viloyatida barrika ortiga yashirinadi. Rossiya uzoq yillar o`z zaifligi va boshqaruvdagi uquvsizligini propaganda yo`li bilan niqoblab keldi. Endi boshboshdoqlik shu qadar kuchaydiki, oyni etak bilan yopib bo`lmay qoldi”, – deb yozdi Ukraina rahbari.

Zelenskiy hozirgi vaziyatda rus qo`shinini Ukraina tuprog`idan olib chiqish ketish aqlli qaror ekanini urg`uladi. 

Ma`lumot uchun:

Evgeniy Prigojin boshchiligidagi "Vagner" yollanma askarlari Rossiyaning bir qator hududlaridagi muhim infratuzilma obektlarini egallab, Moskva tomon harakatlanayotganini ma`lum qilgandi. Shundan so`ng Vladimir Putin rossiyaliklarga murojaat qilib, davlat to`ntarishiga urinishlar har qanday yo`l bilan bostirilishini ma`lum qilgandi.

    Boshqa yangiliklar