Qasim-Jomart Toqaev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar bermoqda Qozog`iston prezidenti matbuot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, Vladimir Putin Rossiyadagi vaziyat haqida ma`lumot berdi.
“Hozir sodir bo`layotgan voqealar Rossiyaning ichki muammosi ekanini ta`kidladi. Konstitusiyaviy tuzum va qonun ustuvorligi mamlakatda huquqiy tartibni saqlashning asosiy shartidir”, dedi Qasim-Jomart Toqaev.
Putin Qozog`istonning Rossiya Federasiyasidagi mavjud vaziyat bo`yicha munosabati uchun minnatdorlik bildirgan.






