AsosiyDunyo

“Biz orqaga qaytamiz va dala lagerlariga jo`nab ketamiz" Prigojen Moskvaga yurushni to`xtatganini e`lon qildi

'“Biz orqaga qaytamiz va dala lagerlariga jo`nab ketamiz" Prigojen Moskvaga yurushni to`xtatganini e`lon qildi'ning rasmi

Xabaringiz bor, 23 iyun kuni, kechki payt Rossidagi “Vagner” XHK Rostov-Dondagi Janubiy harbiy okrugi shtab-kvartirasini nazorat ostiga olgani haqida xabar bergan edik.

Shundan so`ng, davlat rahbari Putin xalqqa murojaat qilib Prigojenni davlat xoini deb atadi. 

Bunga javoban Prigojen “Bu harbiy to`ntarish emas. Bu adolat marshidir. Bizning harakatlarimiz qo`shinlarga hech qanday xalaqit bermaydi”, deya munosabat bildirdi.

24 iyun kuni kechka yaqin Prigojen Belarussiya prezidenti Lukashenkoning o`z guruhi jangchilarining Rossiya bo`ylab oldinga siljishini to`xtatish haqidagi taklifini qabul qildi. U bu haqda audioxabar qoldirgan. 

“Ular "Vagner"ni tarqatib yubormoqchi bo`lishdi. Bir kunda biz Moskvagacha 200 kilometr yo`l bosib o`tdik. Bu vaqt ichida jangchilarimizdan bir tomchi qon ham to`kilgani yo`q. Endi qon to`kish mumkin bo`lgan vaqt keldi. O`sha rus qoni uchun ikkala tomonda ham to`kiladi, biz orqaga qaytamiz va reja bo`yicha qarama-qarshi yo`nalishda dala lagerlariga jo`nab ketamiz".

 

    Boshqa yangiliklar