AsosiyDunyo

"Vagner" jangchilari frontdagi xizmatlari hurmati ta`qib qilinmaydi

'"Vagner" jangchilari frontdagi xizmatlari hurmati ta`qib qilinmaydi'ning rasmi

Rossiyada bo`lib o`tgan Fojiali voqealar bo`yicha davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov "Vagner"  asoschisi Evgeniy Prigojinga nisbatan jinoiy ish to`xtatilishini, u "Belarusga ketganini" va isyon bilan bog`liq vaziyat Ukrainaga qarshi jangning borishiga ta`sir qilmasligini aytdi.

Peskovning ma`lum qilishicha, kecha ertalab Rossiya va Belarus prezidentlari o`rtasida bo`lib o`tgan suhbatda Lukashenko vaziyatni hal qilish uchun vositachilik sa`y-harakatlarini amalga oshirishini bildirgan. 

"Aleksandr Grigorevich Prigojin bilan uzoq vaqtdan beri, taxminan 20 yildan buyon tanish. Bu uning shaxsiy tashabbusi bo`lgan taklif edi. Bu sa`y-harakatlari uchun Belarus prezidentidan minnatdormiz”, - deydi Peskov.

Uning so`zlariga ko`ra, ikki prezident Prigojin bilan kelishuv shartlari haqida vaziyatni "keyinchalik yo`qotishlarsiz", "kuchlanish darajasini oshirmasdan" hal qilish kerakligi xususida gaplashishgan. Natijada,  Vagner" o`z lagerlariga qaytishi to`g`risida kelishuvga erishilgan. Xohlaganlar, kelajakda Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashlari mumkin. 

Ma`lum qilinishicha, "Vagner" jangchilariga, ularning frontdagi xizmatlarini hisobga olgan holda ta`qib qilinmaydi. Kreml ularga bo`lgan bu hurmatni doimo saqlab qolishini bildirgan. Vositachilik harakatlaridan maqsad  qon to`kilishiga, ichki qarama-qarshiliklarga, to`qnashuvlarga yo`l qo`ymaslik bo`lgan. 

Qayd etilishicha, Prigojinga nisbatan jinoiy ish to`xtatiladi va uning o`zi Belarusga ketadi. U Belarusda nima qilishi, hozir qaerdaligini Kreml bilmaydi. 

Ta`kidlanishicha bu holatlar Rossiyaning Ukrainada olib borayotgan janglardagi jarayonlarga ta`sir qilmaydi. 

Peskov Mudofaa vazirligidagi kadrlar o`zgarishi prezidentning Oliy Bosh qo`mondon sifatidagi mutlaq vakolati bo`lgani uchun muzokaralar chog`ida bu mavzu ko`tarilmaganligini aytgan.

Shuningdek, Matbuot kotibi Putin tomonidan yangi murojaatlar qilish rejalashtirilmaganligini, kecha davlat rahbari Kremlda bo`lganligini qayd etgan.

    Boshqa yangiliklar