AsosiyDunyo

“Vagner”chilar Voronej viloyatini tark etayotgani aytildi

'“Vagner”chilar Voronej viloyatini tark etayotgani aytildi'ning rasmi

”Vagner“ bo`linmalari Voronej viloyatini normal rejimda tark etishmoqda. Bu haqda viloyat gubernatori Aleksandr Gusev xabar berdi.

”Bo`linmalarning Voronej viloyati hududidagi harakatlari tugayapti, ular hududni ortiqcha harakatlarsiz tark etishmoqda”, — deb yozdi gubernator.

Gubernator vaziyat to`liq hal qilinganidan keyin barcha cheklovlar olib tashlanishini qo`shimcha qildi. Bu haqda, shuningdek, etkazilgan zararni bartaraf etish va qoplash chora-tadbirlari to`g`risida qo`shimcha ma`lumot berishga va`da berdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar