Bugun Toshkent vaqti bilan 08:08 da (26.06.2023 yil, Grinvich bo`yicha 03:08 da) Qirg`izistonda zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila koordinatalari: 41,21 gradus shimoliy kenglik; 73,67 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=3,9. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 372 km janubiy-sharqda.






