OceanGate kompaniyasi 19 iyun kuni Atlantika okeanida “Titanik” cho`kib ketgan joyga tushish chog`ida g`oyib bo`lgan “Titan” suvosti kemasining besh nafar yo`lovchisini halok bo`lgan haqida xabar bergan edik.
Atlantika okeanida g`oyib bo`lgan batiskaf fojiasi sabablari bo`yicha rasmiy tergov boshlandi. Bu haqda Kanada transport xavfsizligi kengashi xabar berdi.
Unga ko`ra, xavfsizlik kengashi “Titan” suvosti kemasining g`oyib bo`lishi bo`yicha tergovchilar guruhi “ma`lumot to`plash, intervyular o`tkazish va nima bo`lganini baholash” uchun Nyufaundlend shtatidagi Sent-Jon shahriga jo`nab ketgan.
Buyuk Britaniya va AQSh rasmiylari bir necha kun oldin “Titan” suv osti kemasi portlaganini ko`rsatuvchi kuchli akustik signalni qabul qilgan, biroq bu ma`lumotni jamoatchilikka yoki qutqaruv guruhlarining ba`zi a`zolariga ma`lum qilmagani aytilmoqda.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, “OceanGate” kompaniyasi “Titan” suvosti kemasini ishlab chiqish va loyihalash ortidagi sanoat hamkorliklari tafsilotlarini bo`rttirib ko`rsatgan. Boeing va Vashington universiteti kompaniyaning suvosti kemasini loyihalashda yordam bergani haqidagi da`vosini rad etmoqda.






