AsosiyJamiyat

Atlantika okeani tubida "Titan'' suv osti kemasi va odam jasadi qoldiqlari topildi

'Atlantika okeani tubida "Titan'' suv osti kemasi va odam jasadi qoldiqlari topildi'ning rasmi

Atlantika okeani tubida "Titan" batiskafining qoldiqlari bilan birga odam qoldiqlari ham topildi. Bu haqda BBC AQSh Sohil xavfsizlik xizmatiga tayanib xabar berdi. 

Rasmiylarning ta`kidlashicha, vayronalar orasidan suv osti kemasining qo`nish ramkasi va orqa qopqog`i topilgan.

Qayd etilishicha, Titan qoldiqlari suv ostida taxminan 12 500 fut (3 810 metr) va ''Titanik''dan taxminan 1 600 fut (488 metr) uzoqlikda okean tubida topilgan. Topilgan narsa va parchalar AQSh hamda Kanada hukumatining boshqa bir qator idoralari mutaxassislari tomonidan voqeaning barcha holatlarini o`rganish uchun AQShga olib kelingan.

Kanadaning Horizon Arctic kemasi Titanik halokati yaqinidagi okean tubida suv osti kemasi bo`laklarini qidirish uchun masofadan boshqariladigan maxsus suv osti mashinasidan (ROV) foydalangan.

Eslatib o`tamiz, 18 iyun kuni besh kishini o`z ichiga olgan suv osti kemasi mashhur kema ''Titanik''ka sayohat qilgan. Ammo, suvga sho`ng`ishdan taxminan 90 daqiqa o`tib, suv osti kemasi yo`qolib qolgan.

Mazkur sayohatni tashkil qilgan OceanGate rahbari, 61 yoshli Stokton Rush edi. Shuningdek, u bilan britaniyalik tadqiqotchi 58 yosh Hamish Xarding, fransuz g`avvosi 77 yoshli Pol-Genri Narjeolet, 48 yoshli biznesmen Shahzoda Dovud va uning o`g`li 19 yoshli Sulaymon Dovud bo`lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar