AsosiyJamiyat

Imtihon kunlari telefonlarda nega aloqa uzilishini bilasizmi?

'Imtihon kunlari telefonlarda nega aloqa uzilishini bilasizmi?'ning rasmi

Bu shunchaki tasodif emas, balki shaffoflikni ta`minlash uchun atay shunday qilinadi.

Ya`ni kirish imtihonlarida mobil aloqa to`lqinini pasaytirish qonunan belgilangan.

Imtihon adolatli o`tishi uchun:

  • Binolar videokuzatuv bilan ta`minlanishi, uni ota-onalar va jamaotchilik ham kuzata olishi kerak;
  • Abiturientlar shaxsni identifikasiyalash vositalari hamda videofiksasiya qurilmalari orqali binoga tegishli hududga kiritiladi;
  • Binolardagi va xizmat postlaridagi video yozuvlar saqlanishi uchun sharoitlar yaratiladi;
  • Imtihon o`tadigan bino shaxsni identifikasiyalash vositalari (videofiksasiya va barmoq izlarini tekshiruvchi vositalar) videokuzatuv, mobil aloqa to`lqinini to`suvchi qurilmalar bilan ta`minlanadi;

Guruh nazoratchilari va abiturientlar test sinovlari o`tkaziladigan hududga nazorat xizmati postlari orqali kiritiladi.

Imtihon hududida jamoat xavfsizligini ta`minlash esa IIV va Qabul komissiyasiga topshiriladi.

Eslatib o`tamiz, bu yilgi imtihon 92 ta yopiq binoda bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar