Toshkentda 30 iyun kuni avtobuslar yoshlarga bepul xizmat ko`rsatadi. Bu haqda Toshkent hokimligi matbuot xizmati deb xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Yoshlar kuni munosabati bilan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo`lganlar avtobuslardan bepul foydalanishi va shahardagi ushbu sanaga bag`ishlangan tadbirlarda ishtirok etishi mumkin.
“Toshshahartransxizmat” xabariga ko`ra, 30 iyunda yoshlar avtobuslardan bepul foydalanishi mumkinligi haqida 1 iyundagi hukumat majlisi bayonotida ko`zda tutilgan. Bunda yo`lovchilarning yoshi qanday aniqlanishiga oydinlik kiritilmagan.






