AsosiyJamiyat

Prezidentning "Mard O`g`lon" davlat mukofoti bilan taqdirlash to`g`risidagi Qarori e`lon qilindi

'Prezidentning "Mard O`g`lon" davlat mukofoti bilan taqdirlash to`g`risidagi Qarori e`lon qilindi'ning rasmi

Prezidentning "Mard O`g`lon" davlat mukofoti bilan taqdirlash to`g`risidagi Qarori e`lon qilindi.

Qarorga muvofiq,  "Mard o`g`lon" davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va ko`krak nishonlari tantanali ravishda topshiriladi va  har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi: 

"Mard o`g`lon" davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro`yxati

Endirbaev Davronbek Gulman o`g`li – Nukus shahridagi 12-bolalar musiqa va san`at maktabining baxshichilik bo`limi o`qituvchisi (Qoraqalpog`iston Respublikasi)

Mambetsharipov Yusup Raxatovich – O`zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining doktoranti (Qoraqalpog`iston Respublikasi)

Azimov Sarvarbek Qayumjon o`g`li – Andijon mashinasozlik institutining 1-bosqich magistranti (Andijon viloyati)

Mo`minjonov Mirjalol Muqimjon o`g`li – Andijon davlat universitetining kimyo kafedrasi katta o`qituvchisi (Andijon viloyati)

Sadulloev Anvarbek Oybek o`g`li – Peshku tumanidagi 18-umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi (Buxoro viloyati)

Sodikov Muxammadali Kaxramonovich – Buxoro shahridagi «AD Astra» o`quv markazi rahbari (Buxoro viloyati)

Qodirov Umidjon Lapas o`g`li – Jizzax davlat pedagogika institutining 3-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)

Rayimov Furqatjon Farxod o`g`li – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 4-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)

Nomurodov Olimjon Obidjon o`g`li – Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi katta mutaxassisi (Qashqadaryo viloyati)

Usmonov Maxsud Tulqin o`g`li – O`zbekiston Milliy universitetining 1-bosqich magistranti (Qashqadaryo viloyati)

Ismoilov Abduqodir Dilshod o`g`li – Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-bosqich talabasi (Navoiy viloyati)

Xaydarov Xumoyun Masharip o`g`li – «Mash X Industry» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari (Navoiy viloyati)

Nasriddinov Voxidjon Maxammadsoli o`g`li – O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchisi (Namangan viloyati)

Odashov Zayniddin Zuxriddin o`g`li – Chirchiq oliy tank qo`mondonlik-muhandislik bilim yurtining guruh komandiri (Namangan viloyati)

Zakirov Ruslan Olegovich – O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi markazning haydovchi-qutqaruvchisi (Samarqand viloyati)

Islomov Sherbek Mahmud o`g`li – Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetining 1-bosqich talabasi (Samarqand viloyati)

Bahrillaev Bahrom Azmiddin o`g`li – Sardoba tumanidagi 18-umumiy o`rta ta`lim maktabining 9-sinf o`quvchisi (Sirdaryo viloyati)

Krasnov Anatoliy Viktorovich – Sirdaryo viloyati suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining akademik eshkak eshish bo`yicha murabbiysi (Sirdaryo viloyati)

Tursunov Anvar Maxmadiyor o`g`li – O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismi guruh mutaxassisi (Surxondaryo viloyati)

Xurramov Abbos Baxramovich – Respublika «Barkamol avlod» bolalar maktabi uslubchisi (Surxondaryo viloyati)

Abdug`aniev Turdali Abdukayum o`gli – O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Maxsus vazifalar bo`yicha respublika qutqaruv markazi kinolog-qutqaruvchisi (Toshkent viloyati)

Yoqubov Doston Jaloliddin o`g`li – O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Toshkent viloyati bo`yicha boshqarmasi harbiy qismi guruh komandiri (Toshkent viloyati)

Yigitaliev Saidasror Shavkat o`g`li – Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatrining opera ijrochisi (Farg`ona viloyati)

Melikuziev Sarvarbek Maxmud o`g`li – «Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universitetining tayanch doktoranti (Farg`ona viloyati)

Amatboev Og`abek Shonazar o`g`li – O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 4-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)

Karimov Javohir Abdukarim o`g`li – Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o`quvchisi (Xorazm viloyati)

Maxmudov Abdullox Alisher o`g`li – Uchtepa tumanidagi 81-umumiy o`rta ta`lim maktabining 10-sinf o`quvchisi (Toshkent shahri)

Mirzaaxmedov Miraziz Mirvoxid o`g`li – O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Yoshlar» radiokanali muharririyati bosh muharriri (Toshkent shahri)

    Boshqa yangiliklar