Qirg`iziston parlamentida 29 iyun kuni bo`lib o`tgan yig`ilishda deputatlar “Qirg`izistonda polietilen paketlardan foydalanishni cheklash” va “Qirg`iziston Jinoyat kodeksiga o`zgartirishlar kiritish” kabi ikkita qonun loyihasini muhokama qildi va qabul qildi.
Ushbu qonun loyihalari ekologik toza muhit yaratish va Qirg`iziston fuqarolari salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan. Buning uchun cheklovchi choralar, jumladan, polimer materiallardan tayyorlangan bir martalik qadoqlash paketlarini olib kirish, ishlab chiqarish va sotishni to`g`ridan-to`g`ri taqiqlash taklif etilmoqda.






