"Yoshlar kuni" munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlash to`g`risidagi farmon imzolandi.
Mukofotlanganlar ro`yxati:
Mambetyarova Ulbosin Musatdin qizi – Qo`ng`irot tumani «Mingjarg`an» mahalla fuqarolar yig`inidagi yoshlar etakchisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Niyazimbetov Sherzod Kadirberdievich – Nukus tumanidagi "Biogumus" fermer xo`jaligi boshlig`i, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Yo`ldoshev Raximjon Rafukjon o`g`li – Andijon qishloq xo`jaligi va agrotexnologiyalar instituti agroinjeneriya va gidromeliorasiya fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash bo`yicha o`rinbosari, Andijon viloyati
Ummatalieva Moxlaroy Zokirjon qizi – Baliqchi tumanidagi 14-umumiy o`rta ta`lim maktabining geografiya fani o`qituvchisi, Andijon viloyati
Gorev Petr Denisovich – Buxoro shahridagi «Buyuk ipak tekstil» mas`uliyati cheklangan jamiyati dizayneri, Buxoro viloyati
Yusupova Chinora Anvar qizi – Vobkent tumanidagi «Chinar Mushroom tomorqa xizmat» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati
Nabiqulova Nafisa O`ktam qizi – "So‘g‘diyona-W" professional futbol klubining ayollar jamoasi futbolchisi, Jizzax viloyati
Usmonova Madina Ulug`bek qizi – Jizzax shahridagi "Grand Super Star" mas`uliyati cheklangan jamiyati kran mashinisti, Jizzax viloyati
Mansurova Zarina Anvar qizi – Qarshi tumanidagi 71-umumiy o`rta ta`lim maktabining informatika fani o`qituvchisi, Qashqadaryo viloyati
Xaqberdiev Abdumannon G`afurovich – Muborak gazni qayta ishlash zavodining sex operatori, Qashqadaryo viloyati
Ravshanova Gulhayo Azamatovna – Navoiy viloyati "Ziyokor" ayollar va yoshlar markazi rahbari
Raxmonov Suxrob Yusupovich – Navoiy shahridagi "Bur Kompressor Navoiy" mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Navoiy viloyati
Abdullaeva Zamira Muxtorjon qizi – Chortoq tumanidagi 22-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Namangan viloyati
Rafikov Jaxongir Raximjonovich – Namangan shahridagi "Effortless Education Service" nodavlat ta`lim muassasasining "Start-21" o`quv markazi rahbari, Namangan viloyati
Balikova Charos Norbek qizi – Shashka bo`yicha O`zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a`zosi, Samarqand viloyati
Maxkamtosheva Marhabo Abduraxmon qizi – Samarqand davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Samarqand viloyati
Boqieva Feruza Sherali qizi – "O`zbekiston temir yo`llari" aksiyadorlik jamiyatining "O`zbekiston" lokomotiv deposi "Afrosiyob" yuqori tezyurar elektropoezdi mashinisti yordamchisi, Sirdaryo viloyati
Toshbekov Jo`rabek Abdumalik o`g`li – Sirdaryo tumanidagi "Software-Developers-Group" mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati
Abdumalikov Umidjon Abdumalik o`g`li – Termiz tumanidagi "Surxon Termiz Umid" mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati
Ochildieva Dilnoza O`tkir qizi – Qiziriq tumanidagi "Barkamol avlod" bolalar maktabi to`garak rahbari, Surxondaryo viloyati
Abdullaev Ruslan Anvar o`g`li – Boks bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi, Toshkent viloyati
Qiyomova Marjona Murodxo`ja qizi – Parkent tumanidagi "Kumushkon" kutubxonasi rahbari, Toshkent viloyati
Ibroximov Jaxongirmirzo Ulug`bek o`g`li – Marg`ilon shahridagi "Muhandisona" mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Farg`ona viloyati
Turg`unova Nodiraxon Abduraxim qizi – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 1-bosqich magistranti, Farg`ona viloyati
Qalandarov Shohruhbek Mirzabek o`g`li – Xonqa tumanidagi "Xonqa chorva kapital" mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati
Masharipova Guli Ra`no Ozodovna – "Edu Action" IELTS test markazining Xorazm viloyati bo`yicha bosh koordinatori
Achilova Diyora Alisherovna – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining xalqaro fakulteti yoshlar etakchisi
Umirzakov Shahzod Baxtiyor o`g`li – Yunusobod tumanidagi "Tass Vision" mas`uliyati cheklangan jamiyati ta`sischisi, Toshkent shahri
Asqaralieva Mahliyoxon Akmaljon qizi – O`zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi
Jo`raqulova Marjona Sadriddin qizi – O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining "Qizlar ovozi" klubi rahbari
Ikromova Taxmina Izatulloevna – Gimnastika bo`yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika bo`yicha sportchisi
Kadirov Azamat Azizovich – "Uzbekistan airways" aksiyadorlik jamiyatining Parvozlar xavfsizligi va sifat ta`minoti boshqarmasi "A-320" havo kemasi uchuvchi-noziri
Muxsumov Javlonbek Xusniddin o`g`li – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning xalqaro olimpiada zaxiralari markazi o`qituvchisi
Raxmonova Nargizaxon Baxtiyorjon qizi – O`zbek milliy maqom san`ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom" ansambli artisti
Safarov Xudoynazar Sunnat o`g`li – «O`zbekgeologiyaqidiruv» aksiyadorlik jamiyatining Zarafshon dala geologiya-qidiruv ekspedisiyasi er osti ishlari geologi
Usmanova Maftuna Anvarovna – Toshkent shahridagi "Sharoit plyus" nogironlar jamoat birlashmasining loyihalar koordinatori
Xamroev Sardorbek Islom o`g`li – O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, yozuvchi
Elmurodova Nigina Baxtiyor qizi – Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining buyrak transplantasiyasi va reabilitasiyasi bo`limi jarrohi






