AsosiyJamiyat

1 iyul kuni poytaxtdagi ikki tumanning ayrim ko`chalari elektrdan o`chiriladi

'1 iyul kuni poytaxtdagi ikki tumanning ayrim ko`chalari elektrdan o`chiriladi'ning rasmi

1 iyul kuni poytaxtning ikki tumanidagi ayrim mahallalar elektr ta`minotidan vaqtincha uziladi.  Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ xabar berdi.

Xabarga ko`ra, elektr energiyasi bilan ta`minlovchi elektr uzatish tarmog`idagi temir tayanch ustunlariga elektr qurilmalarni o`rnatish ishlarini olib borilayotgani  sabab Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim ko`chalarida elektr energiyasi soat 00:00 dan soat 05:00 ga qadar vaqtinchalik o`chiriladi.

Jumladan:

  • Olmazor tumanining "Ibrohim ota", "Chuqursoy", "Ahil" va "Moyariq" MFYlarida aholi xonadonlari hamda Jome mavzesining tadbirkorlik sub`ektlari;
  • Yunusobod tumanining "Hasanboy", "Katta Hasanboy", "Sharq haqiqati", "Turkiston", "Yo`lariq", "Akbarobod" va "Tiklanish" MFYlarining ayrim ko`chalari va Issiqlik markazi vaqtinchalik elektr ta`minotidan ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar