Issiqko`l sohilidagi shahar mamlakatning yangi iqtisodiy va sayyohlik markaziga aylanishi uchun mo`ljallangan
Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov bo`lajak Asmanning ekologik toza shahri qurilishi uchun tamal toshini qo`ydi, deb xabar bermoqda Qirg`iziston rahbari matbuot xizmati.
Marosimda so`zga chiqqan Japarov Asman shahri Sharq va G`arb, Shimol va Janubni bog`laydigan moliyaviy markazga aylanishini ta`kidladi.
– Shaharning zamonaviy qurilishini qo`llab-quvvatlash orqali biz faqat birgalikdagi sa`y-harakatlar bilan belgilangan maqsadlarga erishish, orzularni ro`yobga chiqarish mumkinligini isbotlaymiz. Aqlli shahar qurilishi loyihasi rag`batlantirishga arziydi. Uni amalga oshirish orqali biz Issiqko`l bo`yida innovasion shahar qurmoqdamiz”, — dedi siyosatchi.
Japarovning ta`kidlashicha, Asman shahri loyihasi va qurilishini boshlash uchun davlat byudjetidan bir tiyin ham sarflanmagan. Bu shunday yirik loyihani amalga oshirishda ishtirok etishdan manfaatdor bo`lgan tashqi investorlarning hissasi bilan bog`liq, deya tushuntirdi Qirg`iziston rahbari.
Asman shahrini Issiqko`l viloyatida, Biliqchi shahridan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan Toru-Ayg`ir qishlog`ida qurish rejalashtirilgan.
Shahar mamlakatning iqtisodiy va sayyohlik markazi bo`lib, bu erda ilg`or ta`lim tizimini joriy etish, zamonaviy sog`lomlashtirish va ishbilarmonlik markazlari, stadionlar barpo etish, yuqori texnologiyali parklarni joylashtirish, shuningdek, moliyaviy imkoniyatlarning mavjudligi ko`zda tutilgan.





