Adliya vazirigi qonunchilikda yoshlarga berilgan ayrim imtiyozlarni eslatib o`tdi.
Unga ko`ra,
- Mehnat kodeksida yoshlar uchun alohida kafolatlar belgilangan, jumladan 16 dan 18 yoshgacha bo`lganlar uchun ish vaqti haftasiga 36 soatdan, 15 dan 16 yoshgacha bo`lganlar uchun esa haftasiga 24 soatdan oshmasligi lozim.
- Muddatli harbiy xizmatni o`tagan va kontrakt bo`yicha o`qiyotgan ijtimoiy faol talabalarga kontrakt summasining 35 foizi to`lab beriladi.
- Kontrakt asosida o`qiyotgan talabalarga ta`lim krediti beriladi.
- Yoshlar muammolari bilan ishlashning yangicha tizimi – “Yoshlar daftari” ishga tushirilgan.
- “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarning nogiron oila a`zolariga dori-darmon, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 650 ming so`m) miqdorida yordam ko`rsatiladi.
- Nogironligi bo`lgan yoshlarga o`qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha (16 mln 500 ming so`m) miqdorda subsidiya ajratiladi.
- Davlat oliy ta`lim muassasalariga kirishda eng yuqori ball to`plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy qilingan.
- Mahalladagi yoshlar etakchilari tavsiyasi asosida yoshlarga 13 turdagi yordam beriladi.
- Ayrim yoshlar OTMga o`qishga qabul qilishda test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to`lovlardan ozod etiladi.
- “Moziyga sayohat” dasturi doirasida “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar davlat muzeylariga bepul kiritiladi.
- Xorijdagi yosh vatandoshlarning vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda ishlashi uchun shart-sharoit yaratiladi.






