Meksikada ba`zi hududlarda havo harorati +50 ° C ga etdi. So`nggi ikki hafta ichida u erda jazirama to`lqini oqibatida kamida 100 kishi halok bo`ldi, deb yozmoqda Reuters.
"O`lim holatlarining uchdan ikki qismidan ko`prog`i 18—24 iyun kunlariga to`g`ri kelgan. Qolganlari — o`tgan haftada", — deyiladi xabarda.
Sog`liqni saqlash vazirligining ta`kidlashicha, o`tgan yili xuddi shu davrda faqat bitta issiqlik bilan bog`liq o`lim qayd etilgan.
O`limlarning 64% ga yaqini Texas bilan chegaradosh shimoliy Nuevo Leon shtatida sodir bo`lgan. Boshqalarning aksariyati: Meksika ko`rfazi sohilidagi Tamaulipas va Verakrus shtatlarida.
Deyarli barcha holatlarda o`lim sababi issiqlik urishi oqibatida yuz bergan. Bir necha qurbonlar suvsizlanishdan vafot etgan.
Oxirgi kunlarda yomg`irli mavsum tufayli Meksikada havo harorati pasaygan. Shu bilan birga, ba`zi shimoliy shaharlar hali ham issiqligicha qolmoqda. Akonchi shahrida chorshanba kuni havo harorati +49°S ga etgan.
Uch haftalik issiqlik to`lqini elektr tarmog`ida rekord darajadagi yuklanishga olib kelgan. Bu hukumatni ba`zi hududlarda ta`limni to`xtatishga majbur qilgan.
Eslatib o`tamiz, Hindistondagi Uttar-Pradesh va Bixar shtatlarida g`ayritabiiy issiqlik tufayli uch kun ichida 98 kishi halok bo`ldi.






