«Areti» energetika kompaniyasi asoschisi va rahbari, milliarder Igor Makarov Rossiya fuqaroligidan voz kechdi. Amerika Forbes saytida aytilishicha, Makarov 2023 yilda Rossiya pasportidan voz kechgan va hozirda u faqat bitta Kipr fuqaroligiga ega.
Amerikaning Forbes jurnaliga ko`ra, dunyoning eng boy odamlari reytingida Makarov endi Kiprlik milliarder sifatida ham qayd etilgan. U eng boy kiprliklar orasida beshinchi o`rinni egallaydi. 2020 yilda Kiprning Politis gazetasi tadbirkor 2008-2012 yillarda sarmoya evaziga Kiprning “oltin pasporti”ni olgan xorijliklar orasida ekanligini yozgan. Makarovning o`zi so`nggi yillarda Kipr, AQSh (Florida) va Shimoliy Italiya o`rtasida yashagan.






