AsosiyJamiyat

Buxoroda qalbaki so`m kupyuralarini ishlab chiqargan jinoiy guruhning kirdikorlari fosh etildi

'Buxoroda qalbaki so`m kupyuralarini ishlab chiqargan jinoiy guruhning kirdikorlari fosh etildi'ning rasmi

G`ijduvon tumani Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki so`m kupyuralarini ishlab chiqargan jinoiy guruhning kirdikorlari fosh etildi.

Tumanning "Sharq" mahallasida yashovchi 2004 yilda tug`ilgan S.A., Navoiy viloyati Qiziltepa tumani "Malikobod" mahallasida yashovchi 2003 yilda tug`ilgan Sh.B., qo`shni mahallaning F.Xo`jaev ko`chasida yashovchi 2004 yilda tug`ilgan D.A. va 2002 yilda tug`ilgan A.D. ismli 3 nafar sheriklari bilan oldindan jinoiy til biriktirishdi. 

Bir guruh bo`lib joriy yilning 19 iyun kunidan 26 iyun kuniga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida, Buxoro shahrida joylashgan ko`p qavatli uylardan biridagi vaqtinchalik ijaraga olgan xonadonda  rangli printer yordamida 100.000 so`mlik pul kupyuralarini kelgusida o`tkazish maqsadida ko`paytirish yo`li bilan yasab, qalbaki pullarni savdo do`konlari va fuqarolarga o`tkazib kelayotganliklari aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan ushbu jinoiy guruhning 4 nafar a`zolariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar