Polsha Qo`shma Shtatlar bilan o`z hududida yadro qurolini joylashtirish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Gap bu mamlakatning yadroviy quroldan birgalikda foydalanish dasturida ishtirok etishi haqida bormoqda.
Bu haqda Polsha prezidenti Anjey Duda ma`lum qildi.
Uning ta`kidlashicha, Polsha yadroviy davlat emas, lekin NATOning yadroviy almashish dasturida ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o`tamiz, Rossiya Federasiyasi Ukraina chegaralarida yadro qurolini namoyish etishni rejalashtirmoqda.






